Загрузка...


Shoxrux ft. Timur - Bexabar (Текст песни)

  • Ko'rildi: 2826
  • Joylashtirdi: Siroj
  • Sana: 26-02-2019, 01:00
Shoxrux ft. Timur - Bexabar (Текст песни)


[Timur]
Yurak qo`msab seni sog`inar,
Bexabarsan, bexabar.
Balki sen ham o`ylab yig`laysan,
Bexabarman, bexabar. (x2)

[Shoxrux]
A, bexabar…
Qaylardasan – bu man uchun mavhum,
Qaylardaman – qizig`i yo`q san uchun.
Balki izlagansan, balki sog`ingansan,
Kechalari yig`lagandirsan balki yum-yum.
Yana bir zum bu qora tun,
Ko`zlaring qorasini sog`indim axir, tushun.
Beparvo bo`lmoqlikka qilaman ko`plab harakat,
Ko`zguga termulganda ko`raman ko`zimda nafrat.
Bu na jazo a, manzilimga ko`ndalang?
Bemorlikka tik bordim, izg`irinda boshyalang.
Yuragim parcha-parcha muz, bir parcha muz,
Go`yo kimdir gapirganday: “umidingni uz”.
Tutma oson, dardim doston,
Uning rasmini chiz menga, tiniq osmon.
Nozik gulim gapir, ayriliqqa ne sabab?
Qo`lingdan kelsa qutqar, sabrim bormoqda tugab.

[Timur]
Yurak qo`msab seni sog`inar,
Bexabarsan, bexabar.
Balki sen ham o`ylab yig`laysan,
Bexabarman, bexabar. (x2)

[Shoxrux]
Manzilning oxiri yo`q, tubsiz jarlik,
Yupatish o`rniga qildim o`jarlik.
Eh, bu xudbinlik, o`zimman ahmoq,
Qo`lingdan tutganimda bo`lardik baxtliroq.
Shoshma bir zum, aybdor o`zim,
Shu so`zlarni gapirmay qanday turoldim jim?
Ko`zlaring yo`limdami, kezaman darbadar bo`lib,
Ko`zlarim yo`lingda, sog`indim naqadar, jonim.
Bunda jazo, bo`ldima naqadar darbadar,
Ayriliq azobidan yuragim kesadi xanjar.
Har nafasda she’r bitaman go`yo qalandar,
Yodimdagi tasviring man uchun mo`tabar.
Yetmas sabr, bu dard og`ir,
Yo`llarimda qopqon, har bir manzilim zanjir.
Nozik gulim gapir, ayriliqqa ne sabab?
Qo`lingdan kelsa qutqar, umrim o`tmoqda qo`msab.

[Timur]
Yurak qo`msab seni sog`inar,
Bexabarsan, bexabar.
Balki sen ham o`ylab yig`laysan,
Bexabarman, bexabar. (x3)




Shoxrux ft. Timur - Bexabar (Текст песни)




Голосование
waplog Яндекс.Метрика